TERDU TALABALARI ÖRTASIDA KORRUPSIYAGA QARŞI IJODIY TANLOVLAR ÖTKAZILADI

E'lonlar 23-11-2026 28

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida talabalar örtasida «Yoşlar korrupsiyaga yöq deydi!» va «Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasasida korrupsiyaga örin yöq!» mavzularida ijodiy tanlovlar taşkil etiladi.

Tanlovlar talabalarning korrupsiyaga qarşi huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, halollik, oçiqlik va şaffoflik tamoyillarini keng tarğib qiliş hamda korrupsiyaning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan.

📌 Tanlovlar 2026-yil 27-noyabr kuni quyidagi yönalişlarda ötkaziladi:
📝 Eng yaxşi inşolar tanlovi — universitet Axborot-resurs markazi binosida;
🎨 Eng yaxşi rasmlar tanlovi — «San’at va ijtimoiy iş» fakulteti hududida;
🎬 Eng yaxşi videoroliklar tanlovi — tasdiqlangan nizom talablari asosida.

Tanlovlarda iştirok etişni istagan talabalar öz ijodiy işlari orqali korrupsiyaga qarşi kuraşiş, halollik va adolat tamoyillariga munosabatini namoyon etişlari mumkin. Ğoliblar diplom, faxriy yorliq hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Halollik — taraqqiyot poydevori! Korrupsiyaga qarşi birgalikda kuraşaylik!