TERDUDA DAVLAT BAYROĞI QABUL QILINGANINING 35 YILLIGI KENG NIŞONLANMOQDA!

Yangiliklar 18-11-2026 19

🟢Bugun, 18-noyabr kuni Termiz davlat universitetida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari taşkil etilmoqda.

🟢Bayram tadbirlari tongda Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining tantanali ijrosi bilan boşlandi. Universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, xodimlar va talaba-yoşlar iştirokida muqaddas bayroğimizga yuksak hurmat va ehtirom körsatildi.

Davlat bayroği — xalqimizning milliy ğururi, mustaqilligimiz va birdamligimiz timsoli. Uşbu qutluğ sana munosabati bilan universitetda kun davomida turli ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda.

Bayroğimiz — ğururimiz, iftixorimiz va mustaqilligimiz ramzi!