TerDUda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi

2022-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.

Unda Oʻzbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yoʻnalishlari: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan masalalar qamrab olingan.

Farmonda O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan va 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-tadbirlar ko'zda tutilgan.

Joriy yilning 2-fevral sanasida Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadi, mazmun-mohiyati bag'ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Xaitov Aktam Axmadovich, O'zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Ro‘ziev Alisher Abdumo‘minovich, Termiz davlat universiteti rektori Maraximov Avazjon Raximovich hamda universitetning professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida 3-ustuvor yo’nalish “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash” xususida fikrlar bildirildi.

Ushbu ustuvor yo'nalishning 30-maqsadi "Qishloq xoʻjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida 5 foizga yetkazish" hisoblanadi. Belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda ilmiy markaz ochishga kelishildi. Markazda Surxondaryoning iqlim sharoitidan kelib chiqgan holda yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil