Tyutorlar uchun talabalar ma’lumotini raqamlashtirish bo'yicha seminar-trening tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 30-sentyabrdagi 412-sonli buyrug‘ining 5-bandi hamda 2021-yil 25-dekabrdagi 539-sonli buyrug‘ining 2-bandi ijrosi yuzasidan tyutorlik bilan bog‘liq hujjatlar (jurnal, hisobotlar)ni ortiqcha qog‘ozbozliklarsiz olish va tahlil qilishning elektron tizimini amalda joriy etish maqsadida tyutorlar faoliyatini oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish (HEMIS) axborot tizimi orqali amalga oshirish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 27-yanvar kuni Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig’i H.Choriyev tomonidan oliygohda faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun seminar-trening tashkil etildi.
 
Unda HEMIS axborot tizimida shaxsiy sahifasini yaratish, talabalar ma’lumotini raqamlashtirish, dars jadvali, yakuniy nazorat jadvali, statistik ma’lumotlarni shakllantirish, talabalarning turar joylarini qizil, yashil, sariq hududga bo’lgan holda sharoitlarini o’rganish, talabalarning turar joylari bo’yicha ma’lumotlarini kiritish bo’yicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil