Tyutorlar uchun o'quv seminari tashkil etilmoqda

Xabaringiz bor, Hukumat qarori bilan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta'lim muassasalarida “Tyutor” lavozimi joriy qilingan edi. Bugungi kunda Termiz davlat universitetida 70 nafar tyutor faoliyat yuritmoqda. 

2020 yil 18-23-yanvar kunlari universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida oliygohda faoliyat olib borayotgan tyutorlar (ta’lim-tarbiya maslahatchisi) hamda yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari uchun o’quv seminari tashkil etilmoqda.

Unda TTJlarda yashovchi talabalar bilan ishlashning samarali metodikasi, talaba-yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirish, talabalarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, o’qishga va kasbga bo’lgan hurmat, ijtimoiy mas’ullik hissini keng rarg’ib qilish hamda ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlarni tashkillashtirish, talaba-yoshlar o’rtasida suitsidning oldini olish choralari, ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g’arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati, HEMIS tizimida ishlash, “Milliy libos – ma’naviyat ko’zgusi”, “Sport – salomatlik garovi” mavzusida talabalar bilan ishlash mavzularida suhbat o’tkazilmoqda.

O'quv seminari davom etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil