TERDU: “SURXON FASHION DAY”- 2021

Termiz davlat universitetida Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat   instituti, O’zbekiston Osiyo ramzlari dizaynerlar va modelerlar uyushmasi, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash boshqarmasi hamkorligida  “SURXON FASHION DAY”- 2021  milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu ko‘rgazmaning asosiy maqsadi o’zbek urf-odatlari va an’analariga asoslangan holda yosh avlod ma’naviy tarbiyasini shakllantirish, madaniyatini yuksaltirish, estetik didini rivojlantirish, milliy mentalitetimizga  mos liboslarni keng  targ`ib qilishdan iboratdir.


Tadbirni Termiz davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Shofiyev kirish so‘zi bilan ochar ekan, Surxon vohasida milliy qadriyatlar, an’nalarimizni asrash, uni keng targ‘ib qilish yo’lida tashkil etilayotgan milliy liboslar ko‘rgazmasining ahamiyati katta ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 
So‘ng Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat   instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, O’zbekiston Osiyo ramzlari dizaynerlar va modelerlar uyushmasi raisi, texnika fanlari doktori, professor Xolida Komilova so‘zga chiqib, Surxon vohasi san’ati, milliy liboslari o‘ziga xosligi, uslubi bilan ajralib turishini alohida ta’kidlab, namoyishga qo‘yilgan liboslar xorijiy maslakatlarda bo‘ladigan ko‘rgazmalarga ham ko‘z-ko‘z qilishga arzigulik ekanligini e’tirof etdi. 
Keyin milliy libos va dizayn yo‘nalishi talabalari tomonidan yaratilgan milliy liboslar namoyish etildi. Hakamlar hay’ati tomonidan dizaynerlar kolleksiyalari baholandi. Yakunda g‘olib bo‘lganlar taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil