TERDUDA TALABALAR IŞTIROKIDA KIBERXAVFSIZLIK BÖYIÇA PROFILAKTIK UÇRAŞUV ÖTKAZILDI

Yangiliklar 09-11-2026 12

TerDUda noyabr — “Kiberxavfsizlik oyligi” doirasida talabalar va universitet mas’ul xodimlari iştirokida profilaktik-ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi boşliği örinbosari Oxunjon Umarov iştirok etib, bugungi kunda keng tarqalgan kiberjinoyatlar, internet firibgarligi, şaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi va axborot xavfsizligi bilan boğliq dolzarb masalalar yuzasidan tuşuntirişlar berdi.

Uçraşuv davomida talabalarga internetda şubhali havolalardan saqlaniş, şaxsiy va bank ma’lumotlarini begonalarga oşkor qilmaslik, kiberfiribgarlik hamda kiberbulling holatlarining oldini oliş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

Şuningdek, yoşlarning raqamli savodxonligini oşiriş, ularda internet makonidagi tahdidlarga qarşi ogohlik va mas’uliyat hissini şakllantiriş muhimligi ta’kidlandi.